KUTUBXONA ISHIDA QO‘LLANILADIGAN IZOHLI LUGʻATLAR

Buklet Bir varaqda bosilgan, daftar shaklida yoki boshqa usulda buklangan alohida shakldagi nashr. Bukinistik kitob 1. Qayta savdoga qo‘yilgan qo‘lyozma hududidagi bosma nashr. 2. Sho‘ro kitob savdosi tajribasi 1851 yildan 1961 yilgacha nashr etilgan kitob. Buyurtma nashr. Buyurtmachi talabi bo‘yicha uning hisobi va materialidan barcha nusxalari o‘zi tarqalishi sharti bilan nashriyot tomonidan chiqariladigan nashr. Bo‘lim. Asarlarining turli mazmun va rangdagi raqamlangan va odatda o‘z sarlovhasiga ega bo‘lgan tarkibiy kompozision birligi. Davtiy nashr. Ma’lum vaqt oralig‘ida chiqadigan nashr bo‘lib, mazmuni takrorlanmaydigan bir xilda bezalgan, raqamlangan va chiqish vaqti ko‘rsatilgan,doimiy yillik soniga va bir xil hajmi va o‘lchovli alohida nashrlardan iborat. Davriy nashrlarga gazeta, jurnal, davriy to‘plam va byulletenlardan misol bo‘la oladi. Davriy nashrlarni ro‘yxatga olish kartotekasi. Shu yil kutubxonaga kelib tushadigan davriy nashrning alfavit kartotekasi. U ma’lumot-axborot berish vazifasini bajarib, quyidagi savollarga javob beradi. Kutubxona tomonidan qanday davriy nashrlar olinadi va qaysi so‘nggi soni kelib tushgan. Davomli nashr Bir nomga ega bo‘lgan va odatda bir xil hajm va o‘lchovga ega bo‘lgan, mazmunan takrorlanmaydigan, bir tartibda bezatilgan, materialning to‘planishiga qarab noaniq vaqt oralab raqamlangan alohida nashrlarga chiqarilgan nashr.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”