KUN TARIXI

Bugun 20-aprel 2021-yil, seshanba. 👉 BAYRAMLAR: BMT - Xitoy tili kuni (2010). 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇷🇺 Россия — Donorlar kuni. 🇸🇱 Syerra-Leone — Respublika kuni. 🇺🇾 Urugvay — O‘ttiz uchlar ekspeditsiyasi kuni. 👉 VOQEALAR: - 1410 - Qizilravot mavzeyida Mirzo Ulug‘bek va Shayx Nuriddin boshchiligidagi ittifoqchilar qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. - 1534 - Fransuz tadqiqotchisi Jak Kartyening Kanadaga birinchi ekspeditsiyasi boshlandi. - 1653 - Oliver Kromvel Angliyada parlamentni tarqatib yubordi. - 1656 - Rossiyada kumush pullar o‘rniga mis pullar paydo bo‘ldi. - 1770 - Jeyms Kuk Yangi Janubiy Uelsni kashf qildi (Janubi-Sharqiy Avstraliya). - 1794 - Parijda sobiq mer, astronom Jan de Saron (Jean-Baptiste-Gaspard (Bochart) de Saron) gilotinada o‘ldirildi. - 1809 - Avstriya qo‘shinlarining Abensberg yonidagi jangda Napoleon armiyasi tomonidan tor-mor qilinishi. - 1832 - Peterburglik akusher Andrey Volf ilk bor Rossiyada qon quyishga muvaffaq bo‘ldi. Qon yo‘qotgan ayolga uning eri donorlik qildi. - 1841 - dunyodagi birinchi detektiv hikoya nashr etildi. - 1862 - Lui Paster va Klod Bernar sterilizatsiya amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi. - 1865 - xavfsiz gugurtlar paydo bo‘ldi. - 1901 - Moskva konservatotiyasi Bolshoy zalining tantali ochilishi. - 1902 - Er-xotin Pyer va Mariya Kyurelar sof radiyni olishga muvaffaq bo‘lishdi. - 1910 - Galley kometasi Yerga juda yaqin keldi. - 1920 - Belgiyada VII Olimpiya o‘yinlari boshlandi. - 1924 - Turkiya Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. - 1934 - “Chelyuskin” paroxodi ekipajini qutqarishgan yettita uchuvchiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. - 1940 - AQShda birinchi elektron mikroskop namoyish etildi. - 1942 - Ulug‘ Vatan urushidagi Moskva jangi tugadi. - 1949 - Xalqaro voleybol federatsiyasi tashkil etildi - 1982 - Navoiy viloyati tashkil topdi. - 1990 - Chexoslovakiyaning nomi Chexo-Slovakiya deb o‘zgartirildi. - 1994 - MDH davlatlarining Toshkentdagi yig'ilishida "Kollektiv xavfsizlik to'g'risida" gi shartnoma imzolandi. - 1999 - "Columbine" maktabidagi ommaviy qotillik. - 2001 - Ingliz pop musiqasi tarixida birinchi marta musiqachi Pol Makkartni milliarder bo‘ldi. - 2010 - Meksika ko'rfazida Deepwater Horizon neft platformasining portlashi sababli katta ekologik falokat yuz berdi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1633 - Imperator Go-Komyo (1654) - Yaponiyaning 110-imperatori (1643-1654). - 1650 - Feliche Bozilli (1732) - italyan rassomi. - 1808 - Napoleon III (1873) - Fransiya imperatori (1852-1870). - 1889 - Adolf Gitler (1945) - 3-reyx rahbari. - 1911 - Ahad Haydarov (1971) - xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). - 1918 - Kay Sigban (2007) - shved fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1981). - 1923 - Oʻrozgul Davletova - aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1969). - 1927 - Myuller Karl Aleksander - shveysariyalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1987). - 1939 - Tuygʻun Shorahimov - teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston (1973) va Oʻzbekiston (1983)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. - 1947 - Mark Fisher (2013) - taniqli ingliz me'mori. - 1947 - Vyacheslav Gvozdkov - rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950). - 1949 - Jessica Lange - amerikalik kinoaktrisa. - 1951 - Lyuter Vandross (2005) - xonanda, 8 karra Gremmi mukofoti sovrindori. - 1954 - Dadaxon Yoqubov - jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1990). - 1958 - Vyacheslav Fetisov - Sovet va rus xokkeychisi, davlat arbobi. - 1962 - Sigyurdyur Ingi Jouxannsson - Islandiyalik siyosatchi, Islandiya Bosh vaziri.(2016-2017). - 1964 - Andrey Klement Serkis - buyuk britaniyalik aktyor, rejissor, produser va hikoyanavis. - 1969 - Feliks Baumgartner - avstriyalik parashutchi, bir qator jahon rekorlarini oʻrnatgan. - 1960 - Miguel Mario Díaz-Canel Bermúdez - Kubaning 19-chi va amaldagi prezidenti. - 1972 - Karmen Elektra - amerikalik kinoaktrisa, model, qo‘shiqchi, raqqosa. 1972 - Svetlana Ishmurodova - rossiyalik biatlonchi, ikki marta Olimpiada, besh marta Jahon chempioni.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”