KUTUBXONA ISHIDA QO‘LLANILADIGAN IZOHLI LUGʻATLAR

Birinchi nashr. Ilk bor e’lon qilinayotgan nashr. Bibliografik qo‘llanma. Ma’lum shaxs yoki shaxslar asarlari, shuningdek, ular haqidagi adabiyot va tarjimai holda oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan nashr. Bosh katalog. Almashuv va zahira fondidan tashqari butun kutubxona fondini aks ettiruvchi va asosan ichki xizmatda foydalaniladigan kutubxona katalogi. Bosh ma’lumot kartotekasi Mahsus ilmiy kutubxonadagi, asosan davriy matbuot materiallarini (ularning fondda bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar) kitoblarning asosiy guruhlari va mazkur kutubxona abonentining axborotga bo‘lgan ehtiyojlari muvofiq tarzda aks ettiruvchi bibliografik kartoteka. Bob. Matnning asosiy tarkibiy-kompozitsion qismlaridan biri. Odatda mavzu bo‘yicha sarlavhaga ega bo‘ladi va undan avval “bob”so‘zi va uning tartib soni berildi.Ko‘p holatlarda yangi sahifadan boshlanadi. Bolalar kutubxonasi. Bolalar va bolalar kutubxonasi rahbarlariga xizmat qiluvchi kutubxona. Bosma kartochka Kartochkali kataloglarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan tipografiya yoki boshqa usulda bosilgan katalog kartochkasi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”

“Ўлкашунослик адабиётларини тарғиб қилиш”