Kutubxonachilik dunyosiga bir qaytsak
Kartatekalar haqida ma'lumotlar 🗂Taqrizlar kartotekasida vaqtli matbuot va davomli nashrlarda adabiy, badiiy va boshqa bilim sohalariga oid asarlarga berilgan taqrizlar aks etadi. Bu mustaqil yoki sistemali katalogning bir qismi sifatida tashkil etiladi. Kartochkadagi bibliografik yozuv 2 qismdan iborat bo‘ladi: taqriz berilayotgan asarning tavsifi va taqriz uchun tavsif. Taqriz berilayotgan asarlar mualliflari alifbo tartibida joylashtiriladi. Masalan, A. Qodiriyning „O‘tkan kunlar“ romaniga berilgan taqrizlar „Qodiriy A.“ familiyasida joylashtiriladi. Shu asar haqida materiallar juda ko‘p bo‘lsa, u alohida ajratkich orqasida ichki alifbo tartibida joylashtiriladi, ba’zan xronologik tartib ham qo‘llaniladi. 🗂Shaxs kartotekasi alohida mashhur kishilar, tarixiy shaxslar, siyosat va jamoat arboblari, olimlar, rassomlar, bastakorlar, yozuvchi va shoirlar uchun tashkil etiladi. Bu asosiy katalog va kartotekani takrorlamaydi, balki ularda bo‘lmagan shu shaxsga oid hujja...