KUN TARIXI

Bugun 4-iyun 2021-yil, juma. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 BMT - Xalqaro aybsiz bolalar - tajovuz qurbonlari kuni. 👉 MILLIY BAYRAMLAR: 🇧🇼 Botsvana - Hamdo‘stlik kuni. 🇰🇿 Qozog‘iston - Davlat ramzlari kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Marhumlarni xotirlash kuni. 🇲🇩 Moldoviya - Bank xodimlari kuni. 🇺🇸 AQSh - Oila kuni. 🇹🇴 Tonga - Mustaqillik kuni. 🇫🇮 Finlandiya - Mudoafa kuchlari kuni. 🇪🇪 Estoni - Bayroq kuni. 🇷🇺 Rossiya, Ingushetiya - Respublika tashkil topgan kun. 🇺🇸 AQSh, Alabama - Jefferson Devis kuni. 👉 VOQEALAR: - 1039 - Genrix III Germaniya qiroli tojini kiydi. - 1286 - Quddus qirolligi Kipr qirolligiga qo‘shib olindi. - 1716 - Luiziana (Shimoliy Amerika) ga dastlabki afrikalik qullar keltirildi. - 1800 - Vashingtonda Oq uy qurilishi yakunlandi. Prezident Jon Adams va xotini Oq uyga ko‘chib o‘tishdi. - 1856 - Tretyakov gakereyasiga asos solindi. - 1878 - Usmonlilar imperiyasi kelishuvga muvofiq Buyuk Britaniyaga Kipr orolini berdi. - 1918 - Nemislar Litvani qirollik deb e’lon qilishdi. - 1916 - Birinchi jahon urushi: Brusilov qamalini yorib oʻtish boshlandi. - 1920 - Trianon shartnomasiga koʻra Vengriya 72 % hududi va 64 % aholisini yoʻqotdi. - 1925 - “Kraysler” avtomobil konserni tashkil topdi. - 1939 - AQSH kemada kelgan 963 yahudiylarni qabul qilmadi. - 1942 - Birinchi jahon urushi: Miduey orollaridagi jang. - 1970 - Tonga Britaniyadan mustaqil bo‘ldi. - 1977 - SSSR Konstitutsiyasi loyihasi jamoat muhokamasi uchun e’lon qilindi. - 1989 - Pekindagi talabalar qoʻzgʻolonining bostirilishi. - 1989 - Ufadagi temiryoʻl halokati. - 1999 - Putrajaya Malayziyaning yangi federal poytaxtiga aylandi. - 2010 - Kanaveral burnidan “Falcon-9” raketasining birinchi uchirilishi amalga oshirildi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1738 - Georg III Gannoverskiy (1820) - Angliya qiroli (1760-1801). - 1801- Mixail Bestujiyev-Ryumin (1826) - rus harbiyi, dekabrist. - 1821 - Apollon Maykov (1897) - rus shoiri. - 1867 - Karl Gustav Mannergeym (1951) - finlandiyalik davlat arbobi, marshal, Finlandiya prezidenti (1944-1946). - 1907 - Rozalina Rassel (1976) - amerikalik aktrisa, besh karra “Oltin Globus” mukofoti sohibasi. - 1908 - Aminov Mahmud (1992) - tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). - 1930 - Viktor Tixonov (2014) - sovet xokkeychisi, mashhur xokkey treneri. - 1966 - Chechiliya Bartoli - italyan opera qo‘shiqchisi (messo-soprano). - 1973 - Igor Lavrov - rus gandbolchisi, darvozabon, olimpiada chempioni (2000), Yevropa va jahon chempioni. - 1975 - Anjelina Joli - amerikalik aktrisa, fotomodel, uch karra “Oltin Globus” hamda “Oskar” mukofotlari sohibasi. - 1985 - Lukas Podolski - nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). - 1985 - Yevgeniy Ustyugov - rossiyalik biotlonchi, ikki karra olimpiada chempioni. - 1990 - Jesun Pema Vangchuk - Butan qirolichasi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”

“Ўлкашунослик адабиётларини тарғиб қилиш”