7️⃣ IYuN SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

⚔️1099 yil — Birinchi salib yurishi: Quddus qamal qilingan; 🛳 1498 yil— Xristofor Kolumb o‘zining uchinchi safariga chiqqan; 🌍1585 yil— Jon Devis Angliyadan Hindistonga shimoliy yo‘lni topish uchun safarga otlangan; 📜1628 yil —Angliyada "Huquqlar to‘g‘risidagi petisiya" Qirol Charlz I tomonidan ma’qullangan; ⚔️ 1640 yil— Barselonada "Qon korpusi" nomi bilan tanilgan voqea — katalon dehqonlarining qirolga qarshi qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan; 👑1654 yil —Fransiya qiroli Lyudovik XIV taxtga o‘tirgan; 🌊 1692 yil — Yamaykadagi zilzila sunamini keltirib chiqargan, Karib dengizidagi asosiy qaroqchilar bazasi Port-royal shahri vayron bo‘lgan; 🇺🇸 1775 yil — Birlashgan mustamlakalar nomi Qo‘shma Shtatlar deb o‘zgartirilgan; 🗳1776 yil— Amerikadagi Nyu-Yorkdan tashqari barcha ingliz mustamlakalari mustaqillik uchun ovoz berishgan; ⚔️ 1880 yil — Tinch okeani urushi paytida Arika uchun jang bo‘lib o‘tgan, Chili shaharni egallab olgan; 🧪1903 yil— Berlinda fransuz olimi Pyer Kyuri yangi kimyoviy element —poloniyni kashf etilganligini e’lon qilgan; 📌 1905 yil— Shvesiya-Norvegiya ittifoqi bo‘linib ketgan; 🚗1919 yil— Nyu-Yorkda haydovchilik guvohnomasini olish uchun birinchi yozma testlar o‘tkazilgan; 📜 1921 yil— Ruminiya va serblar, xorvatlar va slovenlar Qirolligi (bo‘lajak Yugoslaviya) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan; 🇻🇦1929 yil— Vatikan davlati tashkil topgan; 📺1946 yil —Bi-bi-si Buyuk Britaniyada muntazam televizion ko‘rsatuvlarini uzata boshlagan. Dasturlarni 12 mingga yaqin tomoshabin ko‘rgan; 🧰 1948 yil— Chexoslovakiya Prezidenti Benesning iste’fosidan so‘ng mamlakatda kommunistik rejim o‘rnatilgan; 📃 1950 yil — Sovet hukumati Antarktida bo‘yicha AQSH va Gʻarb davlatlarining tor doiradagi rejalariga qarshi memorandum qabul qilgan. Memorandumda SSSR ishtirokisiz qabul qilingan Antarktida bilan bog‘liq har qanday qarorlarni tan olmaslik haqida so‘z yuritilgan va Rossiyaning Antarktidadagi kashfiyotlarining ustuvorligi qayd etilgan. Antarktidadan faqat tinch maqsadlarda foydalanish va oltinchi qit’ada ilmiy izlanishlar erkinligi to‘g‘risida xalqaro shartnoma 1959 yilda tuzilgan; 👩‍🏫 1960 yil —Saudiya Arabistonida ayollarga ta’lim olishga ruxsat berilgan; ⚔️1967 yil —Isroilliklar Quddusdagi Gʻarbiy devor ustidan nazoratni qo‘lga olishgan; 💣 1981 yil — Isroil havo kuchlari Iroq yadro reaktorlaridan birini bombardimon qilib, uni butunlay yo‘q qilgan.

Комментарии