KUTUBXONA ISHIDA QO‘LLANILADIGAN IZOHLI LUGʻATLAR

Fonoteka Kutubxona fondining ovoz yozuvlaridan (grammafon likopchalari, magnit tasmalar, video tasmalar, videolisklar) iborat bir qismi. Fondning aylanishi Kutubxona fondining ishlatilishi jadvalini ifoda etuvchi nisbiy ko‘rsatgich. Ma’lum vaqt mobaynida fondning hisob birligiga to‘g‘ri keladigan kitob berish soni bilan o‘lchanadi. Fondning aralash joylashuvi Fondning yotiq va tikka joylashtirish usullarining aralash qo‘llanib, uyg‘unlanib ketishi. Fondning alfavit tartibda joylashishi Mualliflar yoki hujjat sarlavhalarining alfavit tartibda joylashishi. Fondni boshqarish Kutubxona vazifalari va kitobxonlar talab qiziqishlari mos ravishda fond tarkibi, hajmi va samaradorligi oshirish maqsadida fondni komplektlashtirish va tashkil etishi yo‘lga qo‘yish yoki (boshqarish) Fondning umumiy hisobi Har bir nushani hisobiga olish o‘rniga faqat nashr nomini ro‘yxat qilishdan iborat fondning soddalashtirilgan xususiy hisoboti. Ko‘p sonli nushada keladigan adabiyotlarni hisobga olish qo‘llaniladi. Fondning jo‘g‘rofiy joylashtirish Hujjatlarni nashr joyi yoki hujjat mazmuni bag‘ishlangan joy nomlari ko‘ra joylash uchun qo‘llaniladi. Gazetalar, texnik hujjatlarni ayrim turlarini, yordamchi sifatida fondning sistemali va nomerlangan joylarga qo‘llaniladi. Fond gigiyenasi Fondning biologik ob’yektlari (mikroorganizmlar, hashoratlar, kemiruvchilar, va h.k.)dan halokatli ta’sirlardan saqlashga qaratilgan tadbirlar majmui. O‘z ichida fond omborlaridan ma’qul fizik-kimyoviy muhitni yaratish, “kasal” kitoblarni aniqlash va davolash dezenfeksiya (hashorotlarni yo‘qotish) “deretezasiya” (kemiruvchilarni yo‘qotish)ni oladi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”

“Ўлкашунослик адабиётларини тарғиб қилиш”