KUN TARIXI
Bugun 26-may 2021-yil, chorshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇦🇲 Armaniston — Sardaparatsk jangidagi g‘alaba kuni.
🇬🇾 Gayana — Mustaqillik kuni.
🇬🇪 Gruziya — Mustaqillik kuni.
🇩🇰 Daniya — Koronprins Frederik tug‘ilgan kun.
🇵🇱 Polsha — Onalar kuni.
🇷🇺 Rossiya — Rossiya ishbilarmonlari kuni.
👉 VOQEALAR:
- 451 - Avaray jangi.
- 1135 - Leon soborida Alfonso VII butun Ispaniya Imperatori deb e’lon qilindi.
- 1648 - Bogdan Xmelnitskiy Korsun yaqinida polyaklarni mag'lub etdi.
- 1679 - Angliya parlamenti Xabeas Korpus (shaxs daxlsizligi) qonunini qabul qildi.
- 1707 - Ispaniya taxti vorisi uchun urush paytida Burbon koalitsiyasi kuchlari Saragosani egallashdi.
- 1761 - Mixail Lomonosov Venera sayyorasi atmosferasini aniqladi.
- 1799 - A. Suvorov boshchiligidagi Rossiya imperiyasining armiyasi Turinga bostirib kirdi.
- 1805 - Milan cherkovida Napoleon I boshiga Lombardiyaning temir toji kiydirildi.
- 1828 - Nyurnbergda Kaspar Hauzer topildi.
- 1868 - Angliyada oxirgi ommaviy qatl.
- 1897 - B. Stoker „Drakula“ romanini chop ettirdi.
- 1918 - Zakavkazye federatsiyasi uchta mustaqil respublikaga: Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonga bo'lindi.
- 1928 - FIFA tashkiloti har to‘rt yilda bir marotaba futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish borasida qaror qabul qildi.
- 1938 - Germaniyaning Volfsburg shahrida «Folksvagen» avtomobil kompaniyasiga asos solindi.
- 1947 - SSSRda o'lim jazosi bekor qilindi (1950-yilda qayta tiklangan).
- 1966 - Gayana Respublikasi o‘z mustaqilligini e'lon qildi.
- 1972 - Richard Nixon va Leonid Brejnev Moskvada Raketaga qarshi mudofaa tizimlarini cheklash haqidagi bitimni imzolashdi.
- 1991 - Gruziya presidenti saylovida Zviad Gamsaxurdiya gʻolib boʻldi.
- 1994 - Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.
- 2014 - Donetsk aeroportida janglar boshlandi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1265 - Dante Aligyeri (1321) - florensiyalik shoir, italyan adabiy tilining asosshilaridan biri, mutafakkir, ilohiyotchi, siyosiy arbob, mashhur “Ilohiy komediya” ning muallifi.
- 1568 - Muhammad III, Mehmed III (1603) - Usmonlilar imperiyasi sultoni.
- 1814 - Genrix Geysler (1879) - nemis olimi, noyob asboblar, termometrlar, kimyoviy uskunalar ixtirochisi.
- 1822 - Edmon De Gonkur (1896) - fransuz adibi.
- 1876 - Robert Yerks (1956) - psixolog, AQShda etologiyaga asos solgan.
- 1877 - Aysedora Dunkan (1927) - amerikalik raqqosa.
- 1877 - Edvard Gryunayzen (1949) - nemis fizigi, qattiq jismlar nazariyasi asoschisi.
- 1905 - Aldo Guchchi (1990) - italyan liboslar dizayneri, modelyer.
- 1909 - Mett Basbi (1994) - taniqli ingliz murabbiyi, butun umrini «Manchester Yunayted» ga bag‘ishlagan.
- 1938 - Baxtiyor Aliyev - changchi, bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1983).
- 1966 - Helena Bonem Karter - britaniyalik teatr, televideniye va kino aktrisasi.
- 1969 - Anjelika Varum - estrada qo‘shiqchisi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1971 - Met Richard Stoun - аmerikalik animator, film produser, ssenariy muallifi, aktyor, va bastakor.
- 1974 - Sherzodxon Qudratxoʻja - jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi.
- 1977 - Luka Toni - italyan futbolchisi, jahon chempioni (2006).
Комментарии
Отправить комментарий