KUTUBXONA ISHIDA QO‘LLANILADIGAN IZOHLI LUGʻATLAR

Bibliograf 1.Bibligrafik axborot manbalardan (bibliografik qo‘llanmalarni) tayyorlash va foydalanuvchilarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 2.Kutubxonalarda, shuningdek, kitob palatalarida, ilmiy va texnika axboroti muassasalarida, nashriyotlarda, kitob dukonlarida, gazeta va jurnal tahririyatlarida tayinlanadigan lavozim. Bibliografiya 1. Bibliografik ma’lumotning jamiyatda qo‘llanilishini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyat.(o‘z ichiga amaliy bibliografik ishini, bibliografiyashunoslikni, boshqaruv va mutahassislar tayyorlashning ishini oladi). 2. Bibliografik ma’lumotni tayyorlash va uni kitobxonga yetkazish bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat sohasi. Ushbu ma’noda bu tushuncha “Bibliografik faoliyat” tushunchasiga ma’nodoshdir. 3. Kitob haqidagi fan yoki bosma asarlarni o‘rganuvchi ( tasvirlovchi ) va bu o‘rganish natijalarini mahsus bibliografik kitoblar (adabiyotlar ko‘rsatkichi) da mujassamlashtiruvchi kitobshunoslikning tasviriy qismi. 4. Bibliografik axborot manbalari (alohida bibliografik qo‘llanmalar yoki ularning majmui), masalan, “Amerika bibliografiyasi”, vaqtli matbuot bibliografiyasi. U yoki bu masala bo‘yicha bibliografiyalar. Birinchi ikki ma’nosi ijtimoiy xodisa sifatida bibliografiyaning umumiy tasnifiga amaliy yondashishiga asoslangan. Bunday yondashish so‘ngi yillarda ko‘pchilik bibliografiyashunoslar tomonidan faol talqin etilmoqda. Qolgan ikki ma’nosi eskirgandir. Bibliografiyalash Bibliografik axborot tayyorlash jarayoni. Bibliografik ma’umotlar bazasi. Kutubxonada saqlanayotgan kitoblar, jurallari va boshqa hujjatlar tasvirini aks ettirgan yozuvlardan iborat ma’lumotlar bazasi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”