1️⃣6️⃣ MART SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR
🌍 1521 yil — portugaliyalik dengizchi Fernand Magellan dunyo bo‘ylab birinchi safari davomida Filippin qirg‘oqlariga yetib borgan;
🚫 1660 yil — Angliya parlamenti 20 yillik tanaffusdan so‘ng tarqatib yuborilgan;
🛥 1801 yil—Buyuk Britaniyaning yengilmas harbiy kemasi halokatga uchrab taxminan 400 kishi vafot etgan;
👩🦰 1917 yil— Maybelline kompaniyasi ilk marotaba ko‘zlar uchun zamonaviy kosmetik vosita— tush ishlab chiqara boshlagan;
🚀 1926 yil— Amerikalik muhandis Robert Goddard suyuq yonilg‘i bilan ishlaydigan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan;
📜 1935 yil — fashistlar Germaniyasida Vermaxt tashkil topgan va umumiy harbiy majburiyat joriy etilgan bo‘lib, bu Versal shartnomasi shartlarini ochiqdan-ochiq buzish edi;
💣 1945 yil— Britaniya qirollik harbiy-havo kuchlari "yuzta cherkov" shahri Vyursburgning 90 foizini vayron qilgan (Drezdendan ham ko‘proq), 18 daqiqada 5 ming odam o‘lgan;
✈️ 1962 yil — bortida 107 kishi bo‘lgan (96 harbiy yo‘lovchi va 11 ekipaj a’zosi) AQSHning Lockheed Super Constellation samolyoti Tinch okeanining o‘rtasida g‘oyib bo‘lgan;
🚀 1962 yil — Nikita Xrushchev SSSRda qit’alararo raketa borligini e’lon qilgan;
🌋 1963 yil — Balida vulqon otilishi natijasida kamida 1700 kishi halok bo‘lgan;
⚔️ 1968 yil —Vyetnam urushi paytida Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘shinlari Janubiy Vyetnamning Milai (Songmi) qishlog‘ini vayron qilishgan;
💶 1976 yil —Yamayka xalqaro konferensiyasida yangi jahon valyuta tizimi to‘g‘risida bitim imzolangan;
⚔️ 1988 yil — Eron-Iroq urushi paytida Iroq harbiy-havo kuchlari Halabja shahriga kimyoviy qurollar orqali hujum uyushtirgan, natijada minglab kurdlar halok bo‘lgan;
🇦🇲 1995 yil— Armaniston va Rossiya Armanistondagi rus qo‘shinlarini saqlab qolish to‘g‘risida bitim imzolagan;
🇺🇦 2014 yil — Qrimda referendumi bo‘lib o‘tgan va Qrim Rossiya tarkibiga kirgan.
Комментарии
Отправить комментарий