Kitob davolaydi!
Yaqinda qiziq ma’lumotni o‘qib qoldim: Buyuk Britaniyada kitob terapevti degan kasb bor ekan. Bunday mutaxassislar kitob o‘qitish orqali ruhiy muammolar qurshovida qolgan kishilarni davolarkan. Masalan, iqtisodiy qiyinchilikdan xavotirga tushgan o‘rta yoshdagi kishiga Frensis Skott Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi”, Sol Bellouning “Xendersen – yomg‘ir qiroli”, Ayris Merdokning “Qo‘ng‘iroq” nomli kitoblari tavsiya etiladi. Ayollarga Odri Niffenegger qalamiga mansub “Vaqt sayyohining rafiqasi”, Tom Robbinsning “Jaz ohanglari” kitobi ma’qul sanaladi.
Ko‘plab xorijiy davlatlarda yaxshi bir odat bor. Odamlar kitob yoki gazeta-jurnalni o‘qib bo‘lgach xiyobondami, bekatdami o‘rindiqqa qo‘yib ketadi. Uning o‘rniga o‘tirgan boshqa odam o‘sha nashrni bexijolat o‘qiyveradi. Misol uchun, Aleksandr Dyumaning «Uch mushketyor» romani ham Parij bulvarlarida o‘qilgan, tashlab ketilgan kitobchalar ko‘rinishida dunyoga kelgan.
Mamlakat rivojini ta’lim asosiga qurgan yaponlardan ham ibrat olsa arziydi. Ular har kuni qirq daqiqalik vaqtini albatta mutolaaga ajratar ekan. Bu odat oilada bolalikdan shakllana boradi.
Xullas, taraqqiyotni ko‘zlagan davlat borki, xalqini kitobga oshno etishning turli yo‘lu usullarini izlayotir. Savol tug‘iladi: nega endi bunga chora izlash kerak? Nega kitobsevarlikka targ‘ibot zarur bo‘lib qoldi? Axir, (https://previews.123rf.com/images/belchonock/belchonock2002/belchonock200203872/139577588-young-woman-listening-to-audiobook-near-window-indoors.jpg) hamma kitobni shundog‘am o‘qishi kerak emasmi?!
Комментарии
Отправить комментарий