UMR KITOBI

Odamzod hayotining o'zi nima? Inson bu foniy dunyoga keladi-yu, nega ketadi, degan savolni o'ylab ko'rmagan kishi kam bo'lsa kerak. Chindan ham inson hayotining o'zi nima? Chamamda, "Nomai a'lom", "Umr kitobi" degan gaplar bejiz aytilmagan. Har bandaning umri bir kitobga o'xshaydi. Umr kitobining debochasi odam hali tug'ilmasidanoq Allohning o'zi tomonidan bitib qo'yiladi. Debochaning nomi "Peshanaga bitgani" yoki "Taqdiri azal" deb atalsa ajab emas. Inson oq-qorani tanib, ongli hayot kechira boshlagach, o'zining "Umr kitobi"ni o'zi yozishga kirishadi. Har kuni, har lahzada... Sinov davri deb atalmish bu pallada bandasi qilgan jamiki yaxshi-yu yomon amallar yozilib boraveradi. Umr poyoniga yetgan kuni kitob ham yopiladi. So'ng barchasi hisob-kitob qilinadi-da, Xotimani tag'in Yaratganning o'zi bitadi. Savob ko'p bo'lsa, bir taraf, gunoh ko'p bo'lsa... Umr kitobiga ezgu sahifalarni ko'proq yozish har bandaga nasib etsin... ✍🏻 Oʻtkir Hoshimov

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”

“Ўлкашунослик адабиётларини тарғиб қилиш”