KUN TARIXI

Bugun 15-sentabr 2021-yil, chorshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🇺🇳 Xalqaro demokratiya kuni. 🇺🇳 Xalqaro limfomadan xabardor bo'lish kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇺🇸 AQSh - Ispan madaniy merosi oyligining boshlanishi. 🇦🇿 Ozarbayjon - Milliy bilim kuni. 🇬🇧 Buyuk Britaniya - Buyuk Britaniya uchun jangni xotirlash kuni (1940). 🇬🇹 Gvatemala - Mustaqillik kuni. 🇭🇳 Gonduras - Mustaqillik kuni. 🇮🇳 Hindiston - Milliy muhandislar kuni. 🇨🇷 Kosta-Rika - Mustaqillik kuni. 🇵🇼 Qozog'iston - Qozog'iston Respublikasi xalqlari tillari kuni. 🇲🇽 Meksika - Doloresning inqilobga chorlovini xotirlash milliy kuni. 🇳🇮 Nikaragua - Mustaqillik kuni. 🇸🇻 Salvador - Mustaqillik kuni. 🇸🇮 Sloveniya - Sloveniya Primoryesining mamlakatga qaytarilish kuni. 🇧🇾 Belorussiya - Kutubxonalar kuni. 🇨🇳 Xitoy - Oyning Chjunsyu hosil bayrami. 👉 VOQEALAR: - 533 - Imperator Yustinian I yuborgan, qo'mondon Velisaris boshchiligidagi Sharqiy Rim imperiyasi qo'shini Karfagenga kirdi. - 1514 - turk qo'shinlari Tabrizni (Fors) egallab olib, shahar aholisining aksariyatini qirg'in qildilar. - 1805 - Rossiya Napoleonga qarshi birinchi urushni e'lon qildi. - 1812 - Napoleon boshchiligidagi fransuz armiyasi Moskva Kremliga kirdi. - 1821 - Ispaniyaning Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika va Salvador koloniyalari o'z mustaqilligini e'lon qildi. - 1826 - 1826-1828-yillardagi rus-fors urushidagi Shamxor jangi. - 1830 - Buyuk Britaniyada, Liverpul va Manchester o'rtasida dunyodagi birinchi shaharlararo temir yo'l liniyasi ochildi. - 1835 - Charlis Darvin „Bigl“ kemasida Galapagos orollariga kelib tushdi. - 1847 - Amerika qo'shinlari Meksika poytaxti Mexiko shahrini egalladi. - 1904 - Toshkentda telefon aloqasi ishga tushirilgan. Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang - 1916 - Jahon urushlari tarixida janglarda birinchi marta tanklardan foydalanish. - 1918 - Ozarbayjon poytaxti Boku dashnoq qurolli tuzilmalaridan ozod qilindi. - 1928 - ingliz mikrobiologi Aleksandr Fleming birinchi bo'lib penitsillinni ajratib oldi. - 1935 - Svastika Germaniya ramzi etib belgilandi. - 1946 - Bolgariya xalq respublikasi deb e'lon qilindi. - 1959 - Nikita Xrushchyov AQSHga davlat tashrifi bilan keldi. - 1971 - «Grinpis» tashkiloti tashkil etildi. - 1977 - Toshkent shahrida Akmal Ikromov tumani tashkil topdi. - 1997 - Google.com domeni ro'yxatdan o'tgan. - 2007 - Peruda sirli meteoritning tushishi. - 2008 - Lehman Brothers banki bankrotlik to'g'risida ariza berdi, bu 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishiga olib keldi. - 2010 - A.Navoiy xiyobonida yozuvchi Oybek haykalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 👉 TAVALLUDLAR: - 1254 - Marko Polo (1324) - venetsiyalik sayyoh. - 1789 - Kuper Jeyms Fenimor (1851) - amerikalik yozuvchi. - 1828 - Aleksandr Butlerov (1886) - rus kimyogari, organik kimyo asoschisi. - 1857 - Taft Uilyam Xovard (1930) - AQShning 27-prezudenti. - 1890 - Agata Kristi (1976) - ingliz yozuvchisi. Sara kitoblar kanalidan olindi - 1904 - G’aniyev Nabi (1953) - kinorejissyor, o’zbek kinosining asoschilaridan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi (1940). - 1910 - Shukur Burhonov (1987) – teatr va kino aktyori, O’zbekiston SSR (1940) va SSSR xalq artisti. - 1913 - Ziyodullayev Saidkarim - iqtisodchi olim, O’zbekiston FA akademigi (1974), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan iqtisodchi (1973). - 1926 - Jan-Pyer Serr - fransuz matematigi, eng yosh Filds mukofoti sovrindori. - 1942 - Emmerson Dambudzo Mnangagwa - Zimbabvening 3-prezidenti (2017-yildan). - 1976 - Nikolay Baskov - Rossiya estrada va opera qo’shiqchisi, rus tenori. - 1984 - Garri - Sasseks gersogi, Charlz va uning birinchi rafiqasi malika Diananing kenja o'g'li, Uels shahzodasi, Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

КУТУБХОНА ИШИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ИЗОҲЛИ ЛУГАТЛАР

“АХБОРОТ-КУТУБХОНА ФОНДЛАРИНИ САҚЛАШ ”

“Ўлкашунослик адабиётларини тарғиб қилиш”