KUTUBXONA ISHIDA QO‘LLANILADIGAN IZOHLI LUGʻATLAR

Fondning keraksiz qismi Kutubxona uchun o‘zining ilmiy, ma’rifiy va amaliy qimmatini yo‘qotgan kutubxona fondining qismi. Unga eskirgan adabiyotlar, qayta ta’mirlanish mumkin bo‘lgan omonat kitoblar, turli sabablar bilan foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otmagan nashrlar kiradi. Fondning joylashishi Foydalanish va saqlashi qulaylantirish maqsadida fondni kutubxona bilan (xona)larda va strukturaviy bo‘linmalari bo‘yicha joylashtirish. Fondni saqlash joyida joylashishning 3 usulga ajratiladi, tik, (vertikal), yotiq (gorizontal) va aralash. Fondning hajmini, uning vazifasini va hujjatlarini tarkibiga bog‘liq tarzda fond saqlash joylarida (omborlarida) hujjatlarini joylashtirishning ikki asosiy turi farqlanadi: mantiqiy, (sistemali, tematik, predmetli) va formal (alfavitli, geografik, inventarli, nomerlangan, formatli, xronologik, til asosida). Fondni joylashtirish turlari qo‘sh tarzda ham qo‘llanilishi mumkin: masalan, sistematik alfavitli, bunda birinchi belgisi- asosiy, ikkinchisi- yordam hisoblanadi. Fond zahirasining sig‘imi Normativ ish sharoitida joylashishi mumkin bo‘lgan xujjatlarning soni bilan belgilanadigan fond omborlari (zahirasining) hajmining miqdoriy harakteristekasi. Fondning ishonarliligi Fondning foydalanuvchilari ma’lum sohadagi hujjatlarga talabini yetarli darajada ta’minlay olish imkoniyati. Fondning ihtisosi Kutubxona vazifalar va foydalanuvchilar talabi bilan bog‘liq bo‘lgan, fondga olingan hujjatlarning (mavzusi, turi,xronologik chegaralari, til tarkibi va boshqa belgilarga ko‘ra) tarkibida o‘z ifodasini topgan fondning o‘ziga xos hususiyatlari. Fondning kam ishlatiladigan qismi Shu kutubxona uchun hujjatlarning maqbul iste’molda bo‘lish ko‘rsatgichlaridan, kam talab qilinadigan fondning bir qismi. Fond modeli Fondning asosiy hususiyatlari va ularning o‘zaro munosabat aloqalarini aks ettiruvchi mavxumlashtirilgan timsoli, eng maqbul model o‘zida asosiy son va maqbul modem o‘zida asosiy son va sifatli parometrlarni mujassam qilgan ideal timsoli. Kutubxona fondining quyidagi: tasviriy (so‘zlar obrazi beriladi). Miqdoriy-sohaviy (matematik), biblografik (aniq nashrlar ro‘yxatini tashkil etuvchi) va boshqalar. Fondning madellashtirish Kutubxona fondini hususiyatlari va parametrlarining modellari yordamida, tiklash va aniqlash; fondlarni o‘rganish va keyingi optemallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Fondlar majmui. Yagona reja asosida shakillantiriladigan va ishlatiladigan bir yoki bir necha kutubxonalarning o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib, keladigan fondning majmui.

Комментарии